Afrikada yil o'yinchisi nomiga da'vogar uch futbolchi qoldi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2015, 20:31
Afrika futbol konfederatsiyasi qitada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogar bo'lgan so'nggi 3 futbolchi nomini e'lon qildi.

Finalga Per-Emerik Obameyang (Borussiya Dortmund, Gabon), Andre Ayyu (Suonsi, Gana) va Yaya Ture (Manchester Siti, Kot-d′Ivuar) kabi futbolchilar chiqishdi.

Shunday qilib quyidagi futbolchilar bu yil ushbu sovringa ega chiqa olishmaydi: Muhammad Salox (Roma, Misr), Yasin Braimi (Portu, Jazoir), Sofian Feguli (Valensiya, Jazoir), Serj Ore (PSJ, Kot-d′Ivuar), Sado Mane (Sautgempton, Senegal), Aymen Abdennur (Valensiya, Tunis) va Mudatir El-Toxir (Al-Hilol Omdurman, Sudan).

Sovrin 7 yanvar kuni Nigeriya poytaxti Abudja shahrida topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: cafonline.com