Afrika Millatlar Kubogi-2019. Kot-dʼIvuar – Jazoir bahsi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2019, 00:00
Misrda davom etayotgan qita birinchiligining navbatdagi chorak finalida Kot-dʼIvuar termasi Jazoirga qarshi to'qnash keldi.

Bahsda hisob jazoirliklar xavbeki Sofian Feguli tomonidan ochildi. Bog'dod Buneja 48 daqiqada penaltini noaniq bajarib, hisobni oshirish imkoniyatidan foydalana olmadi. Ikkinchi taym o'rtalarida Jonatan Kojia raqib darvozasini ishg'ol etib, o'rtadagi farqni tikladi va asosiy bo'lim durang natija bilan yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarda ham hisob o'zgarmadi. O'yindan keyingi futbol lotereyasida esa Jazoir omadli chiqdi. Endi ularning yarim finaldagi raqibi Nigeriya termasi bo'ladi. 

Shuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da ¼ finalning so'nggi bahsi debyutant Madagaskar hamda Tunis o'rtasida o'tkaziladi. 


Kot-dʼIvuar – Jazoir 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0)

As-Suwais Stadium

Gollar: 0:1 – 20 Feguli, 1:1 – 62 Kojia.

Penaltilar seriyasi – 3:4

Kot-dʼIvuar – Gbouo, Bagayoko, Traore, Kulibali, Kanon (Komara, 54), Die, Kessie, Zaa (Korne, 94), Sangare (Gbamen, 78), Gradel, Kojia (Boni, 96).

Jazoir – Mboli, Bensebayni, Attal (Zeffan, 30), Benlamri, Mandi, Bennaser, Feguli (Delor, 120), Gediura, Marez (Una, 86), Buneja (Slimani, 78), Belaili.

Ogohlantirishlar: Zaa (29), Bensebayni (29), Bennaser (39), Bagayoko (43), Gbouo (46), Kessie (88), Komara (120).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia