AFK prezidenti Afrika Kubogi bo'yicha yakuniy qarorni e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
22 dek 2021, 08:15
Afrika futbol konfederatsiyasi rahbari Patris Motsepe hisob bo'yicha 33-Afrika Kubogi o'z vaqtida o'tkazilishi haqida bayonot berdi.

Koronavirusning yangi turi bilan bog'liq holatlarga qaramay, qita birinchiligi qoldirilmasligi aniq bo'ldi.

Musobaqa 2022 yilning 9 yanvar kuni start oladi va 6 fevralga qadar davom etadi. Uchrashuvlar Kamerun yashil maydonlarida o'tkaziladi.

Afrika Kubogining amaldagi g'olibi Jazoir TJ hisoblanadi. Eng ko'p titulni esa Misr (7 ta) vakillari qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic