Aeroflot chempionlar ligasi homiysiga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 08:39
Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasi 2015-2018 yillari Yevropa chempionlar ligasiga homiylik qilishi mumkin.
UEFA rahbariyati aviakompaniyalar orasidan o'ziga homiy izlamoqda. Tashkilot 2015-2018 yillarda musobaqa homiylarining sonini 6tadan 7taga ko'paytirmoqchi.

Ushbu taklif dunyoning bir qator aviakompaniyalar bo'lgan Emirates, Etihad Airways, Turkish Airlines, Qatar Airways va Rossiyaning Aeroflotni qiziqtirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, hozirda YCHLning doimiy rasmiy homiylari quyidagilar: Ford, PlayStation, UniCredit, MasterCard, Heineken va Gazprom. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru