Adrian Mutu “Bursaspor”ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013
Taniqli ruminiyalik hujumchi Adrian Mutu faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Ruminiya terma jamoasining sobiq futbolchisiga “Bursaspor” klubi qiziqmoqda.

Angliya OAV xabariga ko'ra, turklar 33-yoshli hujumchini “Ayachcho” klubidan 4 mln evroga sotib olmoqchilar.

O'tgan mavsumida Mutu “Ayachcho” safida 28 ta o'yin o'tkazgan va 11 gol urishga erishgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net