Adama Traore bir vaqtning o'zida ikki terma jamoadan taklif oldi

Alisher
30 sen 2020, 14:12
"Vulverxempton" hujumchisi Adama Traore Ispaniya va Mali terma jamoalaridan taklif oldi.

Ispaniya federatsiyasi forvardning Luis Enrike qo'l ostida terma jamoada o'ynashiga umid qiladi. Traore Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik va Millatlar Ligasi doirasidagi Shveytsariya va Ukraina terma jamoalariga qarshi o'yinlar uchun yakuniy tarkibga kiritilgan.

Adama Ispaniya terma jamoasida o'ynashni xohlashini bir necha bor takidlagan. Futbolchi termaning turli yoshdagi jamoalarida ham o'ynagan.

Traore hali Ispaniya terma jamoasida debyut qilmagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS