Abramovich Lempardga ikki mavsum imkon beradi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 20:14
"Chelsi" xo'jayini Roman Abramovich jamoani tark etgan Mauricio Sarrining o'rniga boshqa nomzod topdi.

"The Times" xabariga ko'ra, "ko'klar"ning yangi bosh murabbiyi jamoaning sobiq futbolchisi Frenk Lempard bo'ladi. Rossiyalik biznesmen Lempard bilan bu borada gaplashib olgan va ikki mavsum davomida har qanday natijaga qaramasdan, imkon berishiga kelishib olgan. Qayd etish kerak, Frenk "Chelsi"da Roman Abramovich davridagi 16-murabbiy bo'lishi mumkin.

Agarda Lempard "Chelsi"ni boshqaradigan bo'lsa, klub "Derbi Kaunti"ga 4,5 million evro to'lashi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times