Abramovich "Chelsi"ni sotmaydi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2018, 18:40
"Chelsi" egasi Roman Abramovich London klubini sotmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, rossiyalik biznesmen klubni sotish borasida hech kim bilan muzokara o'tkazmagan.

Oldinroq, Chexiyaning eng boy kishisi Petr Kellner ingliz klubini sotib olishni o'ylayotgani e'lon qilingan edi. Kellnerning boyligi 15,5 mlrd dollarga baholangan.

Eslatib o'tamiz, Abramovich 2003 yilda "Chelsi" klubini 140 mln evro evaziga sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports