Abramov va Qosimov qarama-qarshiligida kim ustun?

18 okt 2019, 12:45
Superliganing 22-tur doirasidagi Bunyodkor - AGMK uchrashuvi Vadim Abramov hamda Mirjalol Qosimov uchun o'zaro 7-to'qnashuvga aylanadi.

Bunga qadar ushbu mutaxassislar O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi, Superkubok hamda Liga Kubogi doirasidagi bahslarda bellashishgan. Mazkur qarama-qarshilikda yaqqol ustunlik AGMK ustozi Mirjalol Qosimov tarafida.

Mirjalol Qosimov Vadim Abramov boshqargan “Lokomotiv”, “Neftchi” hamda “Bunyodkor” jamoalarini barcha musobaqalarda jami 5 marotaba mag'lub etishni uddalagan. Vadim Abramov esa faqatgina bir marotaba Qosimov ustidan g'alaba qozongan.

“Bunyodkor” - AGMK o'rtasidagi bugungi bo'lajak o'yin ushbu mutaxassislarning o'zaro 7-bahsiga aylanadi.

E'tiborli tarafi, AGMK o'z tarixida hali hech qachon "Bunyodkor"ni Toshkentda mag'lub etmagan. Joriy mavsum esa "Bunyodkor" hali o'z maydonida mag'lubiyatga uchragani yo'q. Bugun ham "Bunyodkor"ning mazkur yoqimli ananasi davom etadimi yoki Qosimov boshqaruvidagi AGMK noxush seriyaga barham beradimi, degan savollarga soat 17:30da boshlanadigan o'yin orqali javob olamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК матбуот хизмати