Abramov “Buxoro”ning ikki yetakchisini jamoasiga chorladi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2019, 11:54
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga ayni damda yangi murabbiylar shtabi qo'li ostida yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Qaldirg'ochlar” bilan shartnomasi yakuniga etgan bir qator futbolchilar boshqa jamoaga o'tib ketgani munosabati bilan Vadim Abramov oldida tarkib bo'yicha o'ziga yarasha muammolar yuzaga kelmoqda.

Shu bois Vadim Karlenovich hozirda yoshlar jamoasidagi iqtidorli futbolchilarga imkoniyat berib, ularni ko'zdan kechirmoqda. Shuningdek “Bunyodkor” ustozi o'zi yaxshi bilgan tajribali o'yinchilarni ham yordamga chaqirmoqda. Xususan so'nggi ikki yilni “Buxoro”da o'tkazgan Shavkat Salomov bilan Aziz Ibragimov katta ehtimol bilan joriy mavsum “Bunyodkor” sharafini himoya qiladi. Aytishlaricha, Vadim Abramovning o'zi ushbu futbolchilarga aniq taklif bilan chiqqan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia