Abduxoliqov debyut o'yinda gol urib "Al Sayliya"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2017, 22:01
Temurxo'ja Abduxoliqov bugun Qatarnning "Al Sayliya" klubi safida ilk uchrashuvida gol urdi.

QATAR YULDUZLAR LIGASI

Bugun "Al Sayliya" Qatar Yulduzlar ligasi 17-turida "Umm Salal" bilan o'yin o'tkazdi. Bu uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Shoahmedov 68, Abduxoliqov 90 daqiqa o'ynadi. Bahsning 30-daqiqasida Temurxo'ja Abduxoliqov belgilangan penaltidan gol urib debyut uchrashuvida gol urdi.

Bahsda boshqa gol urilmadi va "Al Sayliya" g'alabaga erishdi. Klub hisobidagi ochkolar 18taga etdi va 9-o'ringa chiqdi.


"Al Sayliya" - "Umm Salal" 1:0

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov, 30 penalti.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia