

Liga debyutanti “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini boshqarib kelayotgan Abdusamad Do'rmonov o'z vazifasidan ozod etildi. Aytish lozimki, yozyovonliklar o'z oldilariga qo'yilgan dastlabki vazifa – ikkinchi bosqichga chiqishni bajargandi. Ammo shunga qaramay, Do'rmonov klubni tark etdi.



