

Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt Fransiya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini e'lon qildi.
Liga 1`da "Lans" klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanovning transfer narxi 800 ming evrodan 1,5 million evrogacha ko'tarildi.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyidagi transfer narxlaridagi o'zgarishlardan keyin Husanovning transfer narxi ikki barobar oshgan va aynan 800 ming evroga etgandi.
19 yoshli himoyachi bu mavsum "Lans" tarkibida 6 o'yinda (2 tasi YCHL) maydonga tushdi.




