Abduqodir Husanov ishtirokidagi o'yinlar O'zbekistonda olib ko'rsatiladimi?

Sherzod Nurmatov
20 fev 2025, 17:32
Amaliy harakatlar boshlangan.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, MTRK tarkibidagi "Futbol" telekanali Angliya Kubogini O'zbekiston hududida namoyish etish huquqini qo'lga kiritish uchun faol muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralar ijobiy yakun topsa, o'zbekistonlik muxlislar Angliya Kubogi 5-bosqich uchrashuvlarini "Futbol TV" orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev ham Telegram'dagi sahifasida bu haqda aytib o'tdi:

"Futbol" kanali Angliya Kubogi bo'yicha muzokara olib boryapti, shekilli. To'g'ri, "Zo'r TV" ham bunga kirishgandi. Davlat va hususiy kanallar nihoyat hamkorlikda, imkoniyatlarni jamlagan holda bu ishni amalga oshirsa yaxshi bo'lardi, bundan muxlislar yutadi".

Ma'lumot uchun, Abduqodir Husanov to'p tepadigan "Manchester Siti" musobaqa 5-bosqichida "Plimut" bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia