Abdumalik Hakimov: "Oq-tepa" 1-ligada hurmatiga ega jamoa"

Narzulla Saydullayev
26 apr 2016
O'zbekiston Birinchiligining 5-turidan o'rin olgan "Cementchi" - "Oq-tepa" uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Abdumalik Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Oq-tepa" 1-ligada hurmatiga ega jamoa hisoblanadi. Shuning uchun bu raqibga qarshi o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rgandik. Safardagi ikki o'yinimizda durang qayd etganimiz bois, bugungi bahsga futbolchilarni jiddiy tayyorlagan edik. Raqib jiddiyligini bilardik. Tarkibida oliy liga havosidan bahra olgan tajribali o'yinchilar bor. Biroq bugun omad biz tarafda bo'ldi. Qolaversa, g'alabaga yigitlardagi ishtiyoq ham sabab bo'ldi. Ochig'i, hisob bunday yirik ko'rinish olishini kutmagandim. Ammo o'tgan yildagi kabi kichik hisob qayd etilishini taxmin qilgandim. "Oq-tepa"ning "Nurafshon"ga qarshi o'yinini ko'rib chiqqandik. Jamoaning ustun va kamchiliklarini alohida o'rganib, futbolchilarga ko'rsatma bergandik", - deydi Hakimov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia