Abdujamol Isroilov: “Neftchi”da ekanligimdan xursandman”

Narzulla Saydullayev
7 fev 2018, 14:01
Kuni kecha "Neftchi" jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan Abdujamol Isroilov o'zining bo'lajak rejalari bilan o'rtoqlashgan holda “Neftchi” rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

– Yangi mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlayapman. Xitoydagi muvaffaqiyatdan so'ng xukumatimiz bizni yuqori darajada taqdirladi. Ayniqsa Toshkentdagi kutib olish jarayoni bizda katta taassurot qoldirdi. Ochig'i, bunday sharafni kutmagandik, – deya gap boshladi Osiyo chempioni.

– Kuni kecha “Neftchi” jamoasi bilan rasman shartnomangizni uzaytirdingiz. Bu xabar farg'onalik muxlislarni quvontirdi. Bo'lajak rejalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

– Men ham yana qadrdon jamoamiz safiga ekanligimdan xursandman. Yangi mavsumdan umidim katta. “Neftchi”ga foydam tegsa deyman. Nasib qilsa, Superliga-2018da farg'onalik muxlislarni xursand etadigan natijalar qayd etamiz, – deydi Abdujamol Isroilov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz