Abdixoliqov Belarus chempionatida may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Оқил Абдубарноев
1 iyun 2022, 20:49
"Energetik-BGU"ning o'zbekistonlik hujumchisi Bobir Abdixoliqov "Rodny futbol" nashri tomonidan Belarus chempionatining may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali 2 mingga yaqin foydalanuvchi qatnashgan so'rovnomada Abdixoliqovga 50 foizdan ko'proq ovoz berilgan.

Eslatib o'tamiz, chempionatning 10-turidan so'ng o'zbekistonlik forvard 11 gol bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/belarusfoot