Abbosbek Fayzullaev nega SSKA asosiy tarkibiga kirmayapti? Futbolchi qisqa intervyu berdi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2024, 16:25
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushmayotgani borasidagi savolga javob berdi.

- Fedotov nima uchun asosiy tarkibga qo'ymayotganini tushuntirdimi?

- Yo'q.

- Bu Osiyo kubogi bilan bog'liq emasmikin?

- Bilmayman. Savol bosh murabbiyga.

- Jismoniy tomonlama to'liq o'yinga tayyormisiz?

- Ha, - dedi Fayzullaev Sport24 jurnalisti Andrey Babich bilan suhbatda.

Ma'lumot uchun, Fayzullaev Osiyo kubogidan so'ng SSKA safida "Orenburg" bilan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 73 daqiqa harakat qildi. Keyin "Krilya Sovetov" va "Rostov"ga qarshi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia