

"Istanbul Bashakshehir" yaqin orada 7,5 million evrolik transfer pulini to'liq hajmda SSKAga jo'natadi.
"Armiyachilar" pulni qabul qilib olishlari bilanoq tomonlar transfer varaqasini imzolaydi, turk klubi esa futbolchi bilan shaxsiy shartnomani hal etadi.
Ayni paytda futbolchi bilan og'zaki tarzda 3 yillik kelishuvga erishilgan. Shuningdek, "Istanbul Bashakshehir" Yevropa klublari uchun tovon summasini ham unga kiritishni rejalashtirmoqda. Bitim 99 foiz yakunlangan. Agar barcha hujjatlar o'z vaqtida yopilsa, Fayzullaevning transferi hafta oxirigacha e'lon qilinadi", – dedi vaziyatdan xabardor manba.
Avvalroq "Paxtakor" Fayzullaevning transferi ortidan qancha ishlab olishi ma'lum bo'lgan edi.



