

"Chelsi" futbolchisi Konor Gallaxyer tez orada Madridning "Atletiko" klubi futbolchisiga aylanadi. Ispanlar 42 mln evro evaziga Gallaxyerni transfyer qilishadi. "Chelsi", "Atletiko" va futbolchi – uchchala tomon ham kelishib oldi. Bu haqda taniqli insaydyer Fabricio Romano ma'lum qildi.
24 yoshli yarim himoyachi chorshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Atletiko" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.



