A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, goli muallifi va klubi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
19 okt 2022, 09:55
Italiya futbochilari assotsiatsiyasi (AIC) A Seriyaning 2021/22 yilgi mavsumidagi eng yaxshilarni aniqlashdi.

Unga ko'ra, “Milan” yarim himoyachisi Rafael Leau “yil futbolchisi” bo'ldi. U o'tgan mavsum 34 uchrashuvda 11+8 natija ko'rsatdi.

Skudettoni qo'lga kiritgan “Milan” eng yaxshi klub sifatida etirof etildi. “Rossonerilar” ustozi Stefano Pioli esa murabbiylar ichida tengsiz deb topildi.

Eng chiroyli gol muallifi Teo Ernandes (“Atalanta”ga qarshi bahsda) bo'ldi. 


Shuningdek, yil ramziy jamoasi ham tuzildi: Mayk Menyan, Jovanni Di Lorenco, Bremer, Fikayo Tomori, Teo Ernandes, Nikolo Barella, Sergey Milinkovich-Savich, Marcelo Brozovich, Chiro Immobile, Rafael Leau, Dushan Vlaxovich.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AIC