A Seriyaning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
27 dek 2019, 21:47
"Parma" yarim himoyachisi Deyan Kulushevski dekabr oyi yakunlariga ko'ra, A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Ushbu oyda 19 yoshli shvetsiyalik futbolchi 4 o'yinda 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

Umumiy hisoblaganda, Deyan barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, 4 gol va 7 assistentlik qayd etdi.

Kulushevski ayni damda ijara asosida "Parma"da o'ynamoqda. Uning transfer huquqi "Atalanta"ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express