A Seriyaning 3 top-jamoasi MYU himoyachisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 10:12
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian jamoasini tark etishi mumkin.

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, 28 yoshli Darmianning xizmatlariga Italiyaning bir yo'la 3 jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ular - "Yuventus", "Napoli" va "Inter". Aytilishicha, ushbu klublar qishdayoq futbolchini o'zlariga transfer qilishga harakat qilishadi.

Italiyalik futbolchi bu mavsumda "qizil iblislar" tarkibida faqatgina bir o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport