A Seriyaning 13-turida futbolchilar maydonga yuzida qizil bo'yoq bilan chiqishadi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2018, 13:04
Italiya A Seriyasining 13-turida barcha jamoalar futbolchilari maydonga yuzida qizil bo'yoq bilan chiqishadi.

A Seriya dunyo bo'ylab ayollarni himoya qiluvchi WeWorld Onlus tashkiloti bilan birlashdi. O'yinchilar kompaniya surati tushirilgan futbolka kiyib olgan qizlar bilan maydonga tushishadi. Bundan tashqari, har bir o'yinda maxsus banner ko'rsatiladi, stadion tablosida esa kompaniya videoroligi namoyish etiladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS