

Bu haqida Italiya futbol federatsiyasining chempionat reglamentini o'zgartirish bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishida ma'lum qilindi.
Agar chempionat yakuniga ko'ra, dastlabki ikki jamoa turnir jadvalida bir hil ochko to'plasa "oltin o'yin" o'tkaziladi.
Bunday o'yinda qo'shimcha vaqt bo'lmaydi. Agar 90 daqiqa ichida durang qayd etilsa, jamoalar penaltilar seriyasida ishtirok etishadi.
Bu faqat Italiya chempionini aniqlash uchun tashkil etiladi. Agar jamoalar Evrokubok yo'llanmasi uchun bahs olib borayotgan bo'lsalar, ochkolar teng kelgan taqdirda o'zaro o'yinlar natijasiga qaraladi.
Shuningdek, o'yin davomida 5 ta o'zgarish amalga oshirishga doimiy ravishda ruxsat berildi.



