A Seriyada koronavirusni yuqtirgan yana bir futbolchi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
12 mar 2020, 20:17
U Italiya terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.

“Sampdoriya” forvardi Manolo Gabbyadini koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi.

Genuya klubi xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining COVID-19’ga topshirgan test natijalari ijobiy chiqqan. Hujumchining harorati ko'tarilgan, ammo u o'zini yaxshi his etmoqda. U ommadan ajratilgan.

Manolo A Seriyada ushbu kasallikka chalingan ikkinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq, “Yuve” himoyachisi Daniele Ruganida xastalik alomatlari paydo bo'lgani rasman e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/sampdoria