A Seriyada eng katta maosh Lukaku, Vlaxovich va Raboda. TOP-10da yana kimlar bor?

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2023, 10:52
Italiya chempionatida eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar ma'lum bo'ldi.

Bu borada yetakchilik Romelu Lukaku ("Roma"), Dushan Vlaxovich va Adrien Rabo (har ikkisi - "Yuventus")da - ular soliqlardan keyin yiliga 7 million evro maosh olishadi.

To'rtinchi o'rinda Voycex Shesni ("Yuventus") - 6,5 mln evro bo'lsa, "Inter" vakillari Xakan Chalxanoglu, Lautaro Martines, Markus Tyuram va turinliklar himoyachisi Aleks Sandro 6 mln evrodan oylikka ega.

9-pog'onada Alessandro Bastoni ("Inter") - 5,5 mln. Shuningdek, TOP-10ga Nikolo Barella, Benjamen Pavar (har ikkisi – "Inter"), Federiko Keza, Bremer (har ikkisi – "Yuventus") – 5 mln.dan. Rafael Leau ("Milan") esa bu ko'rsatkichga bonuslarni qo'shib hisoblaganda erishadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com