A Seriya. "Lacio" Turindan g'alaba bilan qaytdi

Italiya chempionati 29-tur bahslari davom etadi.

"Olimpiko di Torino" stadionida o'tkazilgan "Torino" – "Lacio" uchrashuvi biroz avval nihoyasiga etdi. Mazkur o'yinning 5-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Andrea Belotti penaltidan hisobni ochgandi. Biroq, ikkinchi taym rimlik mehmonlar uchun ataldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Lacio" futbolchilari Chiro Immobile va Marko Parolo tomonidan o'yinning 2-bo'limida urilgan gollar "burgutlar"ga g'alaba keltirdi.

Italiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Torino – Lacio 1:2 

30 iyun, 22.30, "Olimpiko di Torino"

Gollar:

1:0 – 5, penalti Belotti, 1:1 – 48 Immobile, 1:2 – 72 Parolo.

Torino – Sirigu, Ayna (Edera, 70), Voynovich, Bremer (Milliko, 80), de Silvestri (Ansaldi, 59), Lukich (Djidji, 80), Meyte, Verdi (Berenger, 59), Rinkon, Nkulu, Belotti.

Lacio – Strakosha, Radu, Gabarron (Anderson, 90), Acherbi, Laccari (Bashtush, 90), Luis Alberto, Parolo, Milinkovich-Savich, Xoni Rodriges (Lukaku, 59), Kaysedo (Korrea, 59), Immobile.

Ogohlantirishlar:

Immobile (4), Kaysedo (29), Verdi (45), Lukaku (74).


Manba: championat.asia