A Seriya. "Roma" Rimda "Napoli"ga yutqazdi

22 mar 2021, 02:41
Futbol bo'yicha Italiya chempionatining 28-turidan o'rin olgan yana bir o'yin nihoyasiga etdi.

Rimda mehmon bo'lgan Jennaro Gattuzo shogirdlari "Roma"ni taslim qilishdi. "Napoli"ga g'alaba keltiruvchi gollarning har ikkisiga belgiyalik Dris Mertens mualliflik qildi.

TURNIR JADVALI

Roma – Napoli 0:2

22 mart, 00.45, "Stadio Olimpiko"

Gollar:

0:1 – 27 Mertens, 0:2 – 34 Mertens.

Roma – Lopes, Spinaccola, Rojer, Manchini, Karsdorp, Pellegrini (Kumbula, 83), Kristante, El-Shaaravi, Diavara (Vilyar, 67), Pedro (Karles Peres, 67), Jeko (Mayoral, 67).

Napoli – Ospina, Xyusay, Maksimovich (Manolas, 86), Mariu Ruy, Kulibali, Demme, Fabian Ruis, Politano (Losano, 73), Zelinski (Elmaz, 73), Insine (Bakayoko, 87), Mertens (Osimxen, 66).

Ogohlantrishlar:

Rojer (26), Manchini (45), Zelinski (47), Diavara (59), El-Shaaravi (63), Kulibali (78), Vilyar (85), Osimxen (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia