A Seriya. "Roma" o'z maydonida "Lechche"ni mag'lub etdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushirildi

Оқил Абдубарноев
10 okt 2022, 01:43
Italiya A Seriyasining 9-turidan o'rin olgan "Roma" - "Lechche" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 22-daqiqasidayoq mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Shunga qaramay, rimliklar qiyin g'alabaga erishdi. "Bo'rilar"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov uchrashuvning 77-daqiqasida Belotti o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi.


Roma – Lechche 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 6 Smolling, 1:1 – 39 Espeto, 2:1 – 48, penalti Dibala.

Roma – Ruy Patrisiu, Smolling, Manchini (Kumbula, 88), Rojer, Vinya (Spinaccola, 46), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (Abraxam, 46), Zalevski, Dibala (Matich, 50), Belotti (Shomurodov, 77).

Lechche – Falkone, Jandre, Umtiti, Baskirotto, Peccella, Yulmand, Askildsen (Xelgason, 71), Gonsales (Blen, 46), Banda (Kolombo, 81), Sisey (Uden, 90), Espeto (Di Franchesko, 71).

Ogohlantirishlar: Umtiti (57), Rojer (60), Manchini (62).

Chetlatish: Yulmand (22).


A SERIYA TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia