A Seriya klubi Tovenga qiziqish bildirmoqda

Alisher
25 apr 2020, 17:39
"Marsel" yarim himoyachisi Florian Toven yozgi transferlar oynasida A Seriyaga yo'l olishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Roma" 27 yoshli vinger uchun 20 million evrodan ko'p to'lamagan holda, u bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Qiziqarlisi, oldinroq "Marsel" Toven uchun 40-50 million evro talab qilgan edi, ammo hozirgi vaziyatda ushbu mablag'ni kimdir to'lashi dargumon.

Florian Toven joriy mavsum sog'ligidagi muammo sabab klubi safida atigi 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport