A Seriya. Gollarga boy o'tgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsi tugadi. Zaxiradan tushgan Shomurodov dublni rasmiylashtirdi

Alisher
15 may 2021, 19:54
Italiya A Seriyasi 37-tur doirasidagi "Jenoa" - "Atalanta" yakunlandi.

Mehmonlar ilk taymda Duvan Sapata, Ruslan Malinovskiy va Robin Gosensning gollari evaziga 3:0 hisobida oldinga o'tib oldi. 

2-bo'limda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushishi bilan 2 daqiqa o'tar-o'tmas raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etdi. Keyin esa bergamoliklar xavbeki Mario Pashalich oradagi farqni yana oshirdi – 4:1.

67-daqiqada Goran Pandev penaltini aniq amalga oshirdi. Asosiy vaqt tugashiga oz qolganida esa Shomurodov dublni rasmiylashtirdi – 3:4.

“Atalanta” bugungi g'alabadan keyin ochkolari sonini 78 taga etkazib, 2-o'rnini mustahkamladi. “Jenoa” esa 39 ochko bilan 14-pog'onada qoldi.

"Jenoa" – "Atalanta" 3:4

"Luiji Ferraris"

Gollar: 0:1 – 9 Sapata, 0:2 – 26 Malinovskiy, 0:3 – 44 Gozens, 1:3 – 48 Shomurodov, 1:4 – 51 Pashalich, 2:4 – 67, penalti Pandev, 3:4 – 84 Shomurodov.

"Jenoa" – Marketti, Gilone (Portanova, 57), Masello, Ongene, Radovanovich, Rovella, Kassata (Shomurodov, 46), Zayc (Kaso, 46), Melegoni (Ebong, 79), Pyaca, Destro (Pandev, 46).

"Atalanta" – Gollini, Xatebur, Romero, Toloi, Gozens (Palomino, 76), Malinovskiy (Lammers, 57), de Ron, Miranchuk (Muriel, 89), Froyler (Pessina, 46), Gimshiti, Sapata (Pashalich, 46).

Ogohlantirishlar: Gimshiti (62), Toloi (71), Rovella (88).

ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia