A Seriya. "Inter" irodali g'alabaga erishdi

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyun 2020
Italiya chempionati 28-turidan o'rin olgan "Parma" - "Inter" uchrashuvi yakunlandi.

O'yindan avval favorit deyilgan "Inter" futbolchilari katta qiyinchilikka duch kelishdi. 15-daqiqada Jervino mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq o'yinning so'nggi daqiqalarida ikkita gol urgan mehmonlar g'alabani ilib ketishdi.  

"Parma" - "Inter" 1:2
28 iyun, 22.45, Ennio Tardini
Gollar: 1:0 – 15 Jervino, 1:1 – 84 de Vrey, 1:2 – 87 Bastoni.

"Parma" – Sepe, Lorini (Darmian, 86), Dermaku (Redjini, 77), Brunu Alvesh, Galolo (Peccella, 46), Kulusevski, Skoccarella (Ernani, 55), Kucka, Kurtich, Jervino (Brugman, 86), Kornelius.

"Inter" – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Godin (Bastoni, 73), Kandreva (Mozes, 69), Barella, Galyardini, Biragi (Yang, 69), Eriksen (Sanches, 69), Lukaku, Martines (Valero, 89).

Ogohlantirishlar: Martines (27), Dermaku (30), Galyardini (49), Kucka (49), Godin (71), Kurtich (88), Mozes (90).

Chetlatish: Berni (68), Kucka (85).



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia