A Seriya 2022/23 yilgi mavsumiga qur'a tashlandi. “Roma" ilk turni safarda o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2022, 09:45
Italiya chempionati yangi mavsum taqvimi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, ilk tur 14 avgustda start oladi. Amaldagi chempion “Milan” uyda “Udineze”ni qabul qiladi, “Inter” esa safarda “Lechche” bilan o'ynaydi. Eldor Shomurodov harakat qilayotgan “Roma” esa dastlabki turni mehmonda “Salernitana”ga qarshi o'tkazadi. 

Eslatib o'tamiz, 2022/23 yilgi mavsumdan o'rin olgan dastlabki “Milan derbisi” 4 sentyabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia