A Seriya, 2-tur. Rimda Spaletti "Inter" bilan "Roma"ni taslim etdi

27 avg 2017, 01:46
Italiya chempionatining 2-turidan o'rin olgan markaziy bahsda "Roma" "Inter"ni qabul qildi.


"Inter" uchun taqvim oson bo'lmagandi. Yangi bosh murabbiyi Luchano Spaletti bilan avvaliga "Fiorentina"ga qarshi duch kelgan milanliklar g'alabaga erishishgandi. Endi esa Spaletti o'tgan yili o'zi boshqargan "Roma"ni Rimda ranjitib qaytmoqda. Mauro Ikardi esa ketma-ket ikkinchi bahsda dubl qayd etmoqda.

"Inter" Spaletti bilan muvaffaqiyatli startni davom ettirmoqda.


A Seriya, 2-tur. Turnir jadvali

Roma – Inter 1:3

Stadio Olimpiko

Gollar
: 1:0 – 15 Djeko, 1:1 – 67 Ikardi, 1:2 – 77 Ikardi, 1:3 – 87 Vesino.

Roma
– Alisson, Fasio, Jezus, Manolas, Kolarov, Nainggolan, de Rossi (Under, 83), Strotman, Perotti, Djeko, Defrel (El-Shaaravi, 63).

Inter
– Xandanovich, Shkrinyar, Nagatomo (Dalbert, 56), Miranda, D`Ambrozio, Galyardini (Joau Mariu, 46), Valero, Perishich, Vesino, Kandreva (Joau Kanselu, 84), Ikardi.

Ogohlantirishlar
: Kandreva (19), Jezus (22).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia