"8+3". Puyol, Ronaldinyo va Dragan Cheran - G'ofurov eng yaxshilarni aytdi (10-son)

12 noya 2021, 17:12
Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal AGMKning iqtidorli yarim himoyachisi Xusniddin G'ofurov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- O'ylashimcha, Ronaldinyo. "Afsungar"ning harakatlarini oldindan taxmin qilib bo'lmasdi.

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz? 

- Luiz Enrike boshchiligidagi "Barselona" - 2015.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Messining "Atletik Bilbao" darvozasiga kiritgan to'pi. Leo to'pni maydon markazida qabul qilib olib, basklarning yarim tarkibini aldagan edi.


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Men uchun boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs - Karles Puyol. U haqiqiy sardorlarning timsoliyu

- O'zbek futboli qiroli kim?

- Shubhasiz, Mirjalol Qosimov.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- 2010-2015 yillardagi milliy jamoamiz.

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?

- Dragan Cheran bo'lsa kerak.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering. 

- Mark-Andre ter Shtegen, Daniel Alves, Karles Puyol, Nemanya Vidich, Marselo Vieyra, Xavi, Andres Inesta, Ronaldinyo, Stiven Jerrard, Lionel Messi, Dide Drogba. 

Murabbiy: Pep Gvardiola.

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting.

- Ruslarning "Brigada" seriali.

- Siz uchun baxt nimadan iborat?

- Ota-onam va oilamning tinchligi.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Mol boqishdan katta futbolga kirib kelganim (kuladi).

"8+3". "Ravshan Haydarov - eng kuchli murabbiy" (9-son)

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia