4ta taksida kelgan 11 nafar futbolchi va murabbiy "Oq-tepa" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2015, 17:18
Chuqur moliyaviy inqiroz ko'chasiga kirib qolgan "Orol" bugun Toshkentda bir ochkoni qo'lga kiritdi.

Raqib esa turnir peshqadami "Oq-tepa" bo'ldi. Nematillo Quttiboev va 11 nafar futbolchi bugun to'rtta taksida o'yin boshlanishiga 1.5 soat qolganida Qoraqalpog'istondan Toshkentga yetib keldilar va durang bilan yana shu yo'nalish bo'ylab ortga qaytadilar.

Agar jamoa hech bo'lmasa 18 nafar futbolchi bilan safarga chiqa olganida va biroz moliyaviy ko'makka ega bo'lganida, bunday murabbiy va o'z shahri muxlislari uchun o'ynaydigan futbolchilari bilan ikkinlanmasdan oliy ligaga chiqqan bo'lar edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia