43 yoshli Buffon mavsumda ikkinchi penaltini qaytardi

Alisher
29 noya 2021
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon "Komo"ga qarshi B Seriya doirasidai o'yinda penaltini bartaraf etdi.

O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

43 yoshli darvozabon 40-daqiqada Ettore Glioccining zarbasini bataraf etdi. 52-daqiqada "Komo" forvardi o'yindan baribir gol urdi.

Buffon shunday qilib, mavsumda ikkinchi penaltini qaytardi. U "Yuventus"dagi so'nggi uch mavsumda shuncha penaltini bartaraf etgan edi.

Darvozabon joriy mavsum "Parma" tarkibida B Seriya doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 18ta to'p olib chiqdi va 4ta "quruq" o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OptaPaolo