42 yoshli darvozabon faoliyatini yakunladi

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2017, 20:14
20 yillik faoliyatini Angliyada o'tkazgan 42 yoshli darvozabon Yussi Yaskelyaynen futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Menda faoliyatimni davom ettirish uchun bir nechta variantlar bor edi. Lekin, men keyingi mavsumda murabbiy bo'lib ishlashni xohlayman. Men uyda o'tirmoqchi emas, futbolda qolmoqchiman. Menda boshqalarni shug'ullantirish uchun tajriba etarli", - dedi darvozabon.

Eslatib o'tamiz, Yaskelyaynen 20 yillik faoliyatini Angliyaning "Bolton",  "Vest Xem" va "Uigan" jamoalarida o'tkazgan.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: YLE