4 yil oldin shu kuni...

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2018, 14:31
15 iyul kuni Rossiyada o'tayotgan JCH-2018ning final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Turnirning hal qiluvchi bahsida Fransiya yoki Xorvatiya amaldagi jahon chempioni - Germaniyadan bu nomni olib qo'yadi.

Germaniya terma jamoasi 2014 yilda Braziliya maydonlarida o'tgan mundial g'olibiga aylangan edi. Roppa-rosa 4 yil oldin, aynan shu kuni (2014 yil 13 iyul) nemis jamoasi JCH-2014 finalida Argentinani mag'lub etib, o'z futbolkasiga yana bitta yulduzchani qo'shib qo'ygandi.


Germaniya - Argentina 1:0

Gol: Mario Gyotce 113.

Germaniya: Noyer, Lam, Boateng, Xummels, Xyovedes, Kramer, Shvaynshtayger, Myuller, Kroos, Ozil, Kloze.

Argentina: Romero, Roxo, Garay, Demichelis, Sabaleta, Bilya, Maskerano, Peres, Lavessi, Messi, Iguain.





O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia