La Liga. "Atletiko" o'z maydonida "Xetafe"ni mag'lub etdi, mehmonlar o'yinchisi 55-daqiqada maydondan chetlatildi

Alisher Ostonov
14 mar 2026
La Liga 28-tur doirasidagi "Atletiko" - "Xetafe" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahsdagi yagona gol 8-daqiqada mezbonlarning qanot himoyachisi Nauel Molina tomonidan urildi. Qayd etish kerakki, "Xetafe" futbolchisi Abdel Abqar 55-daqiqada maydondan chetlatildi.

“Atletiko” La Ligada 28 o'yindan so'ng 57 ochko bilan jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda, “Xetafe” esa 35 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda joylashgan.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia