Rasman: Jasur Yaxshiboev - "Lokomotiv" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
20 fev 2026
2021 yilning 28 sentyabr kuni Madridda Tibo Kurtua darvozasiga to'p kiritgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi.

"Endilikda mohir yarim himoyachi "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi.

Yaxshiboev faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", OKMK, Qozog'istonning "Ordabasi", Belarusning "Shaxtyor" va "Energetik-BGU", Moldovaning "Sherif", Polshaning "Legiya" hamda Eronning "Nassaji" klublarida to'p tepgan", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати