"Metallurg"dan transfer taqiqi olib tashlandi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026
Kecha, 9 fevral sanasida FIFA Intizom qo'mitasi "Metallurg" klubi va uning sobiq futbolchisi Ivan Yosovich o'rtasidagi ish yakunlangani haqida ma'lum qildi.

Bekobod klubi serbiyalik futbolchi oldidagi qarzdorliklarini to'laqonli bartaraf etgan va Yosovich klubga nisbatan qo'llangan taqiqning olib tashlanishini so'rab murojaat qilgan. Shuni inobatga olgan holda, FIFA Intizom qo'mitasi klubga qo'yilgan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqini olib tashlab, mazkur ishni yopiq deb e'lon qildi.  

Takidlash joizki, O'zbekistonda ayni paytda faoliyat yuritayotgan klublar orasida FIFA taqiqi mavjud bo'lganlar qolmadi.

Avvalroq "Metallurg" "Yosovich ishi"ni hal qilayotgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz