

Uchrashuv Dubayda Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlandi.
Bellashuv 35 daqiqadan 3 taym davom etadi.
Raqib 12-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 20-daqiqada o'yindan hisobni oshirdi. 91-daqiqada zaxiradan endigina tushgan Javohir Husanov to'p kiritib, hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. 105-daqiqada Behruz Karimov milliy jamoadagi debyut golini urib, muvozanatni tikladi - 2:2!
Shu tariqa uchrashuvda murosa ko'chasi tanlandi.
Mashg'ulot uchrashuvi
O'zbekiston – Xitoy 2:2
Gollar: Javohir Husanov 91', Behruz Karimov 105'
O'zbekiston: O'tkir Yusupov (Vladimir Nazarov, 36, Edem Nemanov, 71), Avazbek O'lmasaliev (Samandar Mavlonqulov, 50, Firdavs Abdurahmonov, 90), Doston Tursunov (Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 50), Quvondiq Ro'ziev (Abbos G'ulomov, 36, Jasur Jaloliddinov, 71), Ikrom Aliboev (Alisher Odilov, 36, Xurshid G'iyosov, 71), Mahmud Mahamadjonov (Sherzod Esanov, 36, Behruz Karimov, 71), Anvar Hojimirzaev (Ibrohim Ibragimov, 36), Nodir Abdurazzoqov (Alibek Davronov, 50), Rustam Turdimurodov (Otabek Ahadov, 50, Javohir Husanov 90), Aziz Xolmurodov (Oybek Bozorov, 36, Sardor Bahromov, 71), Dilshod Komilov (Jahongir O'rozov, 50).
Zaxira: Samandar Muratbaev.







