

O'zbekiston U-23 terma jamoasining 2 nafar futbolchisi Nurlan Ibraimov va Muhammedali Reimov 2026 yilni "temiryo'lchilar" tarkibida boshlaydi. Bu haqida saytimiz jurnalisti Narzulla Saydullaev xabar berdi.
Ma'lumot uchun, Ibraimov o'tgan mavsum "Olimpik Mobiuz"da Pro ligada 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol, 3 ta assist amalga oshirdi. Reimov esa 18 ta bahsda 4 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.



