

"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareskaning iste'foga chiqarilish xavfi mavjud. London jamoasi so'nggi to'qqizta o'yinning atigi ikkitasida g'alaba qozondi. Kecha "ko'klar" APLning 19-turida "Bornmut" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Sky Sports xabar berishicha, italiyalik mutaxassis 2026 yilni jamoa bosh murabbiyi lavozimida boshlaydi, biroq yaqin orada natijalar yaxshilanmasa, u yanvar oyining oxirigacha bu lavozimni saqlab qolishi dargumon.
Ayni paytda "Chelsi" 30 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o'rinni egallagan.



