O'zbekiston Kanada bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025, 14:21
Bu haqda O'FA matbuot xizmati ma'lum qildi.

FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan milliy jamoa iyun oyida mundial mezboni Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs Kanadada bo'lib o'tadi. 

Kanada – O'zbekiston 

1 iyun

Edmonton, Kanada

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston JCH "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va pley-off g'olibi (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) bilan bahs yuritadi. Kanada esa "B" guruhida Qatar, Shveytsariya va UEFA A yo'li g'olibi (Uels/Bosniya va Gertsegovina/Italiya/Shimoliy Irlandiya) bilan ro'baro' keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати