Rasmiy xabar: Islombek Ismoilov - "Neftchi" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2025
Farg'onaning "Neftchi" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Farg'ona viloyatining sharafli o'g'loni, O'zbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligiga etaklagan va Jahon chempionati nimchorak finaliga olib chiqqan murabbiy - Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Marg'ilon shahrida tug'ilgan Islombek Ismoilov yosh bo'lishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy o'yin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

“Neftchi” jamoasi chempioni sifatida kelgusi mavsumdagi asosiy vazifalar -
 chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash,
 Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish,
 jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini taminlash.

Islombek Ismoilovga jamoamizni boshqarishdek sharafli va mas'uliyatli vazifada ulkan zafarlar tilaymiz", - deb yozadi Farg'ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/fvhokimligi