Valverde O'zbekiston bilan o'yinda qatnashmaydimi?

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025
Urugvay terma jamoasi "Real" futbolchisining xizmatlaridan foydalanmaydi.

Terma jamoa ustozi Marselo Belsa jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri, "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdeni bo'lajak o'yinlar uchun chaqirmaslikka qaror qildi.

2 karra jahon chempioni oktyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 10 oktyabr kuni Dominikan Respublikasi, 13 oktyabr kuni esa O'zbekiston bilan kuch sinashadi.

"Ispaniya grandi vice-sardori Valverde hech qanday jarohat olmagani va sog'lig'ida hech qanday muammoga duch kelmaganiga qaramay, 27 yoshli futbolchiga dam berishga qaror qilingan", – deyiladi manbaning xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Zone