Rasman: Fabio Kannavaro – O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi!

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025
2006 yilgi "Oltin to'p" sohibi, Xitoy termasi sobiq ustozi Fabio Kannavaro milliy jamoa boshqaruviga keldi.

Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasman xabar berdi.

"O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi Jahon chempionati g'olibi, yaqin o'tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis - Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi", – deyiladi xabarda.

Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:

- Eugenio Albarella - yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, "Yuventus", "Udineze" va "Dinamo" Zagreb"da ishlagan);

- Chichcho Troize Fransesko - jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy ("Benevento", "Udineze" va "Dinamo" Zagrebda faoliyat yuritgan);

- Antonio Kimenti - darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, "Sampdoriya" va "Spal" klublarida ishlagan).

O'zbekiston Kannavaroga Xitoyga qaraganda 8 baravar yuqori maosh taklif qilayotgani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати